Oktyabr oyida o’zining 3 kunlik yakkaxon konsert dasturini taqdim etish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan Munisa Rizaevadan yangi fotojamlanmani taqdim etamiz. Munisa har bir ijodiy ishiga did bilan qarashidan xabardorsiz. Jumladan, bugun taqdim etilayotgan fotosuratlarga ham Munisa jiddiy e’tibor qaratgan. Uning soch turmagi, kiyimlari, hattoki fotosuratga tushgan joylari ham alohida e’tibor bilan qaralgan. Munisa Rizaevaning har bir ijodiy faoliyatida uning ortidagi mashaqqat namoyon bo’ladi. Hech bir ijodiy ishiga yengillik bilan qaramaydi. Bu esa uni yuqorilab borishiga asosiy omil bo’la oladi. Demak, siz kutgan fotosuratlarga navbat yetib keldi. Marhamat, fotosuratlardan bahramand bo’ling!!!