Yosh kinorejissor Murod Inog’omovning «Kechir, farzandim» kartinasi haqida juda ko’p yoritdik. Filmga aloqador deyarli barcha ma’lumotlar bilan sizlarni tanishtirib bordik. Endi esa navbat bevosita film prem’erasi haqidagi ma’lumotni yetkazishga ham yetib keldi. Ertaga, 2014-yilning 24-iyul sanasida soat 17:00da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida rejissor Murod Inog’omovning debyut filmi «Kechir, farzandim» ilk tomoshabinlar e’tiboriga namoyish etiladi. Film prem’erasiga o’zbek kinosi va shou-biznesi olami ijodkorlari tashrif buyurishi kutilmoqda. Filmning keng namoyishi esa 25-iyuldan boshlanadi. Shahrimiz kinoteatrlariga tashrif buyurib, mazkur filmni ilk tomoshabinlaridan biriga aylanishingiz mumkin.